
7-mart kuni yangi mavsumi start olgan Superliga 9-mart kuni yakunlandi.
Matchday.uz saytining xodimlari quyida 14-mart kuni boshlanadigan bahslarning anonsini taqdim etadi.
Turni Farg’onadagi qarama-qarshilik boshlab beradi, unda “Neftchi” “Qo’qon”-1912”ni mehmon qiladi. Derbi soat 19:30da boshlanadi va Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Shu kuni parallel bellashuv “Buxoro – “Qizilqum” o’rtasida kechadi. Ushbu o’yinni yil boshida ochilgan Futbol tv telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
15-mart kuni 3 ta bahs bo’lib o’tadi, soat 17:55dan e’tiboran Sport telekanali to’g’ridan-to’g’ri olib ko’rsatadigan qarama-qarshilikda “Bunyodkor” “Sho’rtan”ning maydoniga safar uyushtiradi.
Shu kuni parallel qarama-qarshilikda “Andijon” – “Nasaf”ga qarshi saf tortadi, mazkur bellashuv soat 19:30ga belgilangan, bu jamoalar o’rtasidagi uchrashuvni Sport telekanali orqali jonli efirda ko’rish imkoniyati bor.
Shu kuni bo’lib o’tadigan bahsda “Dinamo” “Mash’al bilan o’ynaydi, Samarqanddagi to’qnashuv soat 20:15da boshlanib, Futbol tv telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
16-mart kuniga ham 3 ta qarama-qarshilik belgilangan, shu kuni 17:45da boshlanadigan va Futbol tv orqali efirga uzatiluvchi o’yinda “Surxon” o’z uyida “Xorazm”ni mehmon qiladi.
Shu kuni “Navbahor” “So’g’diyona”ning maydoniga safar qiladi, mazkur to’qnashuvning translatsiyasi 19:30dan boshlab Sport telekanalida amalga oshiriladi.
OKMK o’z uyida “Paxtakor”ga qarshi saf tortadi, turni yakunlab beradigan bahs soat 20:00da boshlanib, Futbol tv telekanali orqali jonli efirda namoyish qilinadi.