YCHL. “Borussiya Dortmund”dan kambek

Futbol bo’yicha YCHL doirasida javob uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda.

“Borussiya Dortmund” “Lill”ning mehmoni bo’ldi va kambek evaziga zafar quchdi. Mazkur qarama-qarshilikdagi ilk gol stadiondagi, qolaversa teleekran qarshisidagi muxlis va muxlisalarni uzoq kutirmadi. Uchrashuvning 5-daqiqasida uyushtirilgan hujum natijasida mezbonlar a’zosi Jonatan Devid hisobni ochdi. 1:0. Bu 1-bo’lim so’nggigacha saqlanib qoldi va jamoalar tanaffusga yo’l olishdi.

Ikkinchi 45-daqiqalikda uyg’ongan “arilar”ning raqib darvozasi tomon hujumlari ko’paydi va buning natijasida 54-daqiqada penalti belgilandi, 11-metrlikdan unumli foydalangan Emre Jan jamoasining mazkur turnirdagi muhim golini kiritdi. 1:1.

Oradan ko’p o’tmay, aniqrog’i, 65-daqiqada Maksimilian Bayer aniq zarbasi bilan gol kiritib, nafaqat oldinga olib chiqdi, balki “Borussiya Dortmund”ning chorak finalga chiqishiga sababchi bo’ldi. 1:2.

2 o’yin natijasiga ko’ra, 2:3 hisobida g’alabaga erishgan Niko Kovach shogirdlarining chorak finaldagi raqibi “Barselona”.

Back To Top