Superliga. Derbida gol urilmadi

Bugundan futbol bo’yicha Superliganing 2-tur bahslari boshlandi.

Yulduzli tarkib yig’ilgan Farg’onaning “Neftchi” jamoasi o’z uyida viloyatning boshqa bir jamoasi hisoblangan “Qo’qon-1912”ni mehmon qilib “viloyat derbisi”ni o’tkazdi.

Uchrashuvning 1-taymi mehmonlarning ustunligida o’tdi, ammo buni hisobda aks ettira olishmadi, shu tariqa, birinchi 45 daqiqalik yakunlandi va jamoalar o’yin hakamlari hamrohligida tanaffusga yo’l olishdi.

Jamoalar tanaffusdan qaytgach, o’yinni davom ettirishdi, ko’proq “yo’lbarslar” ustunligida o’tgan mazkur bo’limda darvozalarga yo’l topilmadi va buning natijasida jamoalar 1 ochkodan bo’lishib olishdi. Bellashuvdan so’ng turnir jadvalida “Neftchi” 2 ochko bilan 6-o’rida, ularning bugungi raqibi –  “Qo’qon-1912” esa huddi shunday ocko bilan 7-pog’onani band etdi.

Back To Top