Ederson yangi kelganlar haqida fikr bildirdi

Avvalroq, bugun futbol bo’yicha APLning 29-turida “Manchester Siti” o’z uyida “Braytonga” qarshi o’ynashi haqida xabar bergandik.

Bo’lajak to’qnashuv oldidan “shaharliklar”ning darvozaboni Ederson jamoaga yangi kelib qo’shilgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.

Matchday.uz saytining xodimlari quyida uning fikrlarini sayt o’quvchilarining e’tiboriga havola qiladi.

“Men kuchaytirishni juda ijobiy narsa deb bilaman. Husanov esa buyuk himoyachilardan biri, ulkan iste’dod egasi hisoblanadi. U so‘nggi o‘yinlarda juda yaxshi o‘ynamoqda.

Niko ham bizga juda kerak bo‘lgan pozitsiyada yordam berish uchun keldi. Ehtimol jamoamizdagi eng muhim pozitsiya desam adashmagan bo‘laman. Shu bilan birga, u himoyaviy jihatdan ham anchagina yetuk o‘yinchi.

Marmush oldindan bizga qo‘shimcha kuch berish, yordam berish, yaxshi natijalarga erishish uchun muhim futbolchiligini bilgan edik.

Bundan tashqari, bizda Vitor bor, u juda istiqbolli kelajakka ega himoyachidir”

Back To Top