Bugun chempionat doirasida 3 ta o’yin o’tkaziladi.

1-turda o’z uyida “Neftchi”ni qabul qilgan “Bunyodkor” mazkur turda “Sho’rtan” bilan bellashadi. Qiziqarli o’tishi kutilayotgan ushbu to’qnashuv soat 17:55da boshlanadi va Futbol tv telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
“Nasaf” “Andijon”ning uyiga safar uyushtiradi. “Lochinlar” va “Ajdarlar” to’qnashuvi soat 19:30ga belgilangan bo’lib, Sport tv telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Musobaqaning debyutantlaridan biri – “Mash’al” “Dinamo”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 20:15dan boshlab Futbol tv telekanali orqali jonli efirda translatsiya qilinadi.