Mutaxassis Xitoydagi o’rtoqlik turniridan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ravshan Haydarov: “Avvalo, bunday kuchli turnirga bizni taklif etgani uchun Xitoy futbol assosiasiyasiga minnatdorlik bildiraman. Eski raqiblarimiz — Koreya Respublikasi, Vyetnam va Xitoy jamoalarini ham turnirdagi ishtirok bilan tabriklayman. O‘ylaymanki, barcha jamoalar ushbu turnir orqali o‘z sport formalarini yuqori nuqtaga olib chiqa olishadi. Bu musobaqa U-23 Osiyo kubogi, Osiyo o‘yinlari hamda qit’a turniriga saralash uchrashuvlari uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi hamda har bir jamoa uchun foydali bo‘ladi.
Yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarimiz so‘nggi vaqtlarda Xitoyning turli yoshdagi jamoalariga qarshi bir qancha uchrashuvlar o‘tkazishdi. Aytishim mumkinki, Xitoy futboli rivojlanishda davom etmoqda. Shuningdek, yosh, iqtidorli va kelajakda yaxshi darajaga erisha oladigan avlod yetishib chiqmoqda”.
Ma’lumot o’rnida, terma jamoamizning mazkur o’rtoqlik o’yinidagi ishtiroki 20-mart kuni mezbon mamlakat – Xitoyga qarshi bahs bilan boshlanadi.