JCH-2026. Yaponiyada g’alaba. Janubiy Koreya esa…

Futbol bo’yicha JCH saralash bahslari bo’lib o’tmoqda.

Tur doirasida Yaponiya Bahraynni mehmon qildi. Murosasiz va qiziqarli kechgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g’alaba qozondi. Gollarning dastlabkisini 66-daqiqada Daichi Kamada kiritgan bo’lsa, 88-daqiqada gol urgan Takefusa Kubo nafaqat farqni 2 taga oshirdi, balki jamoasining g’alabasiga o’zining hissasini qo’shdi.

Shu tariqa, kunchiqar yurt terma jamoasi 19 ochko to’plagan holda JCH-2026 yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

O’mon Janubiy Koreyaning mehmoni bo’lib, durangga imzo chekdi. Qarama-qarshilikdagi ilk gol mezbonlar futbolchisi Xvan Xi-Chxan tomonidan ochildi. 41-daqiqadagi mazkur golga 80-daqiqada Al Busaydi gol urib, javob qaytardi.

Back To Top