JCH-2026. Ertangi o’yinda terma jamoamiz qanday libosda harakat qiladi?

Xabaringiz bor ertaga futbol bo’yicha JCH-2026 saralash 8-tur bahsi bo’lib o’tadi.

Mazkur bo’lajak qarama-qarshilikdan avval bugun uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting o’tkazildi.

O’tkazilgan ushbu jarayonda OFK tomonidan ishtirokchilarga bo’lajak bahsga oid bir qator masalalar, xususan marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo’nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o’tildi.

Bo’lib o’tgan uchrashuv rasmiylari ishtirokidagi uchrashuvga ko’ra, bo’lajak to’qnashuvda jamoalar qaysi rangdagi formalarda to’p tepishi ma’lum bo’ldi. Ma’lum bo’lishicha, Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz to’liq ko’k, darvozabonimiz yashil libosda o’yin o’tkazadi.

Back To Top