U faoliyatini ushbu mamlakatda davom ettirishi mumkin.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko’ra, faoliyati davomida “Legiya”, “Sherif”, “Shaxtyor”, “Paxtakor” “Navbahor” sharafini himoya qilgan, qudratli klub sanalgan “Real Madrid”ga gol urgan va so’nggi klubi Qozog’istonning “Ordabasi” bo’lgan Jasur Yaxshiboyev endilikda “Nassaji Mazandaran”da to’p tepishi mumkin.
Hozircha 27 yoshli yarim himoyachi va klub o’rtasida necha yillik shartnoma imzolangani va oylik maosh haqida ma’lumotlar yo’q.