JCH-2026. Safarda durang

O’zbekiston terma jamoasi o’yinini o’tkazdi.

2026-yil AQSH, Kanada va Meksika futbol bo’yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayni kunlarda mazkur mundial saralash bahslari bo’lib o’tmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu yirik musobaqa saralashida O’zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Saralashning 7-turida Qirg’izistonga safar uyushtirib, qiyinchilik bilan kichik 0:1 hisobida g’alaba qozongan vakillarimiz 25-mart kuni 8-turda mehmonda Eronga qarshi saf tortishdi.

Murosasiz, hujumlar ostida qiziqarli kechgan uchrashuvda 4 ta gol urildi va 2:2 hisobi qayd etildi. Ilk gol 16-daqiqada Hojimat Erkinov tomonidan kiritildi. 0:1.

Ikkinchi 45 daqiqalikning 52-daqiqasida gol urgan Mehdi Taremi hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi. 1:1. 1 daqiqa o’tmasdan jarima zarbasi orqali gol urgan Abbosbek Fayzullayev tablodagi hisobni 1:2 ko’rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, qarama-qarshilikning 83-daqiqasigacha gol kiritilmadi, 83-daqiqada O’tkir Yusupov darvozasini ishg’ol qilgan Mehdi Taremi nafaqat muvozanatni tikladi, balki forslarni Jahon chempionatiga olib chiqdi.

Yakunda Amir Galinoyi va uning shogirdlari umumiy hisobda 20 ochko jamg’argan holda guruhda 1-o’rin bilan Jahon chempionati yo’llanmasiga ega chiqishdi. Ushbu o’yindan so’ng terma jamoamizda 17 ochko mavjud va ular 2-o’rinda. Quvonarlisi, shundaki, Temur Kapadze shogirdlarida qisman bo’lsada JCH-2026 yo’llanmasini qo’lga kiritish uchun imkoniyat bor.

Back To Top