Superliga. Ertaga 3-tur boshlanadi

FIFA kunlari sabab Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi.

Endi yana navbat klublar o’rtasidagi chempionat – Superligaga. 3-turni boshlab beruvchi bahs “Xorazm” – “Buxoro” o’rtasida kechadi, bellashuvni soat 16:45da Futbol TV telekanali jonli efirda namoyish qiladi.

Ertaga yana bir uchrashuv bo’lib o’tadi, unda “Qo’qon-1912” “Sho’rtan”ga qarshi saf tortadi. Soat 19:30da boshlanadigan ushbu qarama-qarshilikning translatsiyasi ham Futbol TVga berilgan.

28-mart kuni soat 16:45da start oladigan va Futbol TV telekanali to’g’ridan-to’g’ri jonli efirda namoyish etiladigan to’qnashuvda “OKMK” “Qizilqum”ning maydoniga safar uyushtiradi.

Shu kuni muxlis va muxlisalar “Vodiy derbisi”ga ham guvoh bo’lishadi, unda “Andijon” “Navbahor”ning mehmoni bo’ladi. “Markaziy”dagi bahs soat 19:30da start oladi va Sport TV telekanali orqali to’g’ridan-to’g’ri jonli efirda namoyish etiladi.

“Bunyodkor” o’z uyida “Surxon” bilan o’yin o’tkazadi, mazkur bellashuv soat 20:00da boshlanib, Futbol TV telekanali orqali jonli efirda namoyish qilinadi.

29-mart kuni vodiyning boshqa bir jamoasi – “Neftchi” mehmonda o’yin o’tkazadi, raqib “Nasaf”. Ushbu uchrashuvni soat 18:30dan boshlab Futbol TV telekanali orqali to’g’ridan-to’g’ri efirga uzatiladi.

Shu kuni soat 20:00da boshlanadigan va Sport TV telekanali orqali to’g’ridan-to’g’ri jonli efirda namoyish etiladigan bellashuvda “So’g’diyona” “Mash’al”ning mehmoni bo’ladi.

Shu kuni “Paxtakor” o’z uyida “Dinamo”ni mehmon qiladi, turni yakunlab beruvchi qarama-qarshilikni soat 20:30dan boshlab Futbol TV telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Back To Top