Bundan bir necha kun avval saytimiz va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali faoliyati davomida “Legiya”, “Sherif”, “Shaxtyor”, “Paxtakor” “Navbahor” sharafini himoya qilgan, qudratli klub sanalgan “Real Madrid”ga gol urgan va so’nggi klubi Qozog’istonning “Ordabasi” bo’lgan Jasur Yaxshiboyev haqida “Real Madrid”ga gol urgan futbolchimizga Erondan ish chiqdi sarlavhasi ostida xabar e’lon qilgan edik.

Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko’ra, “Nassaji Mozandaron” klubi va futbolchimiz o’rtasida joriy yilning yozigacha amal qiluvchi shartnoma imzolangan. Ta’kidlash joizki, bungacha ishsiz bo’lib turgan hujumchi “Transfermarkt” portalida 700 ming yevroga baholanmoqda.