Mo’minxon Bahodirxonov: Dastlabki maqsadimiz — Jahon chempionatiga yo‘l olish

FOTO: O’FA

Ayni kunlarda Saudiya Arabistoni futbol bo’yicha 17 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasida Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur turnirning guruh bosqichi 2-turi doirasida O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi ertaga, 6-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadigan uchrashuvda Xitoylik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi, bo’lajak qarama-qarshilik oldidan jamoamizning sardori Mo’minxon Bahodirxonov o’z fikrlarini bildirdi.

Matchday.uz saytining xodimlari quyida yarim himoyachining fikrlarini sayt o’quvchilarining e’tiboriga havola qiladi.

“Turnirning ochilish uchrashuvi bo‘lgani sababli Tailandga qarshi o‘yinda jamoamizda biroz hayajon sezildi. Biroq tezkor kiritilgan gollar o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Ko‘plab o‘rtoqlik o‘yinlari va xalqaro turnirlarda ishtirok etganmiz, ammo rasmiy bellashuvlar butunlay boshqa ruhda o‘tadi.

Endi birinchi g‘alabamiz ortda qoldi. Bor e’tiborimizni Xitoyga qarshi 2-tur uchrashuviga qaratamiz. Dastlabki maqsadimiz — Jahon chempionatiga yo‘l olish. Bu yo‘lda Xitoy bilan o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Murabbiylarimiz ta’kidlaganidek, sifatli o‘yin ko‘rsatib, faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Xudo xohlasa, futbol muxlislarini quvontiradigan natija bilan yurtimizga qaytamiz”.

Back To Top