Terma jamoamiz ertangi o’yinda qanday rangdagi libosda harakat qiladi?

FOTO: O’FA

Futbol bo’yicha Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida davom etayotgan 17 yoshgacha futbolchilar o’rtasidagi Osiyo kubogida ishtirok etayotgan Islom Ismoilov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz 9-aprel, ertaga guruh bosqichining 3-turida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

Bo’lajak mazkur to’qnashuvdan avval bugun 2 terma jamoaning rasmiylari ishtirokida miting bo’lib o’tdi va unda ushbu muhim bahsda jamoalar qanday rangdagi liboslarda harakat qilishlari ma’lum bo’ldi. O’tkazilgan mitingga ko’ra, jamoamiz oq libosda o’ynashi ma’lum bo’ldi.

Ushbu qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi.

Back To Top