
Germaniya terma jamoasi va “Barselona”ning darvozaboni Mark Andre Ter Shtegen o’z vaqtida Ko’k-annoranglilar”ning sharafini himoya qilgan, hozirda AQSHning “Inter Mayami” klubida to’p tepayotgan sobiq jamoadoshi Lionel Messi haqida gapirdi.
Matchday.uz saytining xodimlari quyida uni o’z o’quchilarining e’tiboriga havola qiladi.
“O‘ylaymanki, Leo ehtimol, yagona futbolchi bo‘lishi mumkinki, agar u senga to‘pni yuzingga urib tashlashni istasa, bunga qodir. Qolganlar ehtimol, nishonga tekkiza olmasdi, lekin unda aniqlik bor – u to‘g‘ri nishonga uradi.
Leo – o‘ziga xos inson, chunki uni ilhomlantiradigan juda ko‘p narsalar bor, ularni biz ko‘rmasligimiz mumkin. Bizda shunday paytlar bo‘lganki, bir-birimizga yoqmaganmiz: u menga achchiq qilib yurgan yoki men unga. Lekin bu chuqur kelishmovchilik bo‘lmagan – shunchaki bir necha onlar.
Leo – maydonda ajoyib o‘yinchi, u shunchalik oson va 100% ishonch bilan o‘ynaydiki, bunday o‘yinni boshqa hech qachon ko‘rmasligimiz aniq. Unda shunday qobiliyat borki: agar u seni yo‘q qilmoqchi bo‘lsa – bir pas bilan yoki gol urib, senda “bu mumkin emas edi!” degan fikr uyg‘otishi mumkin. Men bunday holatni ko‘p marta boshdan kechirganman. Shuning uchun men xursandmanki, u men bilan bir jamoada bo‘lgan, raqib emas.
Biz hech qachon shunchalik qattiq janjallashmaganmizki, kelisha olmaymiz deb aytaylik. Lekin bizda o‘z “momentlarimiz” bo‘lgan – bu esa tabiiy. Biz uzoq yillar davomida bir garderobda bo‘lganmiz va uning jamoani qanday boshqarishini kuzatish qiziq edi. Uning uslubi menga mos keladimi-yo‘qmi, bu muhim emas. Leo ko‘p gapiradigan inson emas, u o‘z xarizmasi va ishtirokida harakat qiladi. Unga ko‘p gapirish kerak emas – u gapirsa, hamma tinglaydi”.