FIFA prezidenti Infantino: Butun futbol olami Rossiyaning qaytishini istaydi

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiyaning xalqaro futbol maydoniga tez orada qaytishiga umid bildirdi.

“Butun futbol olami Rossiyaning qaytishini istaydi. Bu yosh rossiyalik futbolchilarga xalqaro maydonda o‘ynash imkonini beradi. Orzu qilamanki, barcha mamlakatlar FIFA a’zosi bo‘lib, musobaqalarda ishtirok etishsin”, — dedi Infantino YouTube’dagi “KFOX14” kanalida e’lon qilingan videoda.

Uchrashuv davomida Tramp Rossiyaning 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmasligidan bexabar bo‘lganini tan oldi. Shuningdek, u Rossiyaning xalqaro futbolga qaytishi Ukraina mojarosini hal qilishda ijobiy turtki bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2022-yil fevral oyida FIFA va UEFA qarori bilan barcha xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan edi.

Back To Top