Yevropa chempionalr ligasi yarim finalida “Inter“ va “Barselona“ oʻzaro ikkita super uchrashuvni oʻtkazishdi.
Jamoalar ikkita o’yinda jami 13 ta gol urishdi. Shu tariqa, jamoalar YCHL yarim finallaridagi gollar soni boʻyicha rekordni takrorladi. Ilgari ushbu bosqichdagi bitta qarama-qarshilikning ikkita uchrashuvida 13 ta gol “Liverpul“ va “Roma“ oʻrtasidagi bahsda kiritilgandi. Oʻshandagi uchrashuvlarda 5:2 va 4:2 hisoblari qayd etilgandi. Ushbu bahslar 2017-2018 yilgi mavsumda boʻlgan.
