
Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lissabonning “Sporting” klubiga qaytishi mumkinligi haqida “Fichajes” nashri xabar bermoqda.
40 yoshli futbolchi JCH-2026gacha formasini saqlab qolish uchun bunday imkoniyatdan mamnun bo’lardi.
Ronaldu faoliyatini ilk toʻp tepgan jamoasi “Sporting”da tugatishni orzu qilayotgani ko’p marta aytgan.
Krishtianu 2024/2025 yilgi mavsum klub miqyosida 39 o’yin o’tkazib, 33 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali goleadorni 12 mln evroga baholagan.