Erling Holand bir yil ichida “Barselona”ga o’tishi mimkin, futbolchining o’zi ham shuni istamoqda

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni 2026-yilning yozida transfer qilishni maqsad qilishgan. Bu haqda Ispaniyaning El Nacional nashri xabar bermoqda.

“Barselona” 175 million yevro yig‘ish ustida ish olib bormoqda — aynan shuncha Holand shartnomasidagi tovon puli hisoblanadi. Bu summa 2026-yil yozida faollashtirilishi mumkin. Qizig‘i shundaki, Holandning “Man Siti’ bilan shartnomasi 2034-yilgacha mo‘ljallangan va ayrim tahlilchilar bu shartnomada tovon puli borligiga shubha qilishmoqda. Biroq, El Nacional bu band mavjudligini ta’kidlab, “Barselona” bundan foydalanishga jiddiy yondashayotganini yozmoqda.

Biroq vaziyatni “Barselona”ning moliyaviy holati murakkablashtiradi. Garchi biroz yaxshilanish ko‘zga tashlansa-da, klub hali ham maoshlar chegarasi va qarzlar bilan ovvora.

Manba xabariga ko‘ra, klub rahbariyati Holandni jamoani yangilashda Robert Levandovskining o’rniga asosiy figura sifatida ko‘rmoqda. Levandovskining shartnomasi aynan keyingi yozda yakunlanadi.

Holand haqida mish-mishlarga ko‘ra, u “Real Madrid”dan ko‘ra aynan “Barselona”ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Back To Top