Yevropa Ligasi finali: G‘alaba va magʻlubiyat yonma-yon

Bugungi Yevropa Ligasi finali natijasi nafaqat g‘olib uchun, balki mag‘lub tomon uchun ham uzoq muddatli ta’sirlarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Odatda, bunday nufuzli bellashuvda mag‘lub bo‘lgan jamoa ruhiy zarbani yengib, yana oldinga intiladi. Ammo bu safargi holat o‘ziga xos.

Ruben Amorim uchun ishonch manbai

“Manchester Yunayted” joriy mavsumda portugaliyalik murabbiy Ruben Amorim boshchiligida og‘riqli o‘tish davrini boshdan kechirmoqda. Agarda “Yunayted” finalda g‘alaba qozonsa, bu Amorimga klubda o‘z falsafasi asosida mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi. Mag‘lubiyat esa hozircha uning lavozimiga xavf tug‘dirmasligi mumkin, biroq bu holat murabbiyning obro‘siga jiddiy putur yetkazadi.

Posteko’g’luning so‘nggi umidi?

“Tottenhem” murabbiyi Anje Posteko’g’lu uchun esa bu o‘yin mutlaq hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Jamoa joriy mavsumda jiddiy pasayish holatini boshdan kechirmoqda va 17 yildan beri biror sovrin yutmagan klub bu safar ham mag‘lub bo‘lsa, avstraliyalik murabbiyning lavozimida qolishi dargumon.

“Tottenhem” so‘nggi bor 2007/08-yilgi Liga Kubogida g‘alaba qozongan. Klub rahbariyatining murabbiylarga nisbatan sabrsiz yondashuvi yana yuzaga chiqishi mumkin.

Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi… 16- va 17-o‘rinlilarga?!

Bu safargi Yevropa Ligasi finali — ingliz klublari o‘rtasidagi oltinchi yirik Yevropa musobaqasi finali hisoblanadi. Eng eʼtiborli tomoni shundaki, APLning 16- va 17-o‘rinda borayotgan jamoalaridan biri finalda g‘alaba qozonsa, keyingi mavsumda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Ichki chempionatdagi muvaffaqqiyatsiz mavsum bu oyin darajasini tushurayotgandek koʻrinsa-da, ammo chempionatda mavsum boy berilgach ikki jamoa vakillari ham bor-eʼtiborini bugungi finalga qadar yetib kelishga qaratgan edi. Endi esa YCHL ga yollanma beradigan titul uchun kurashishadi.

“Manchester Yunayted” uchun bu to‘qqizinchi yirik Yevropa finali bo‘lib, bu borada Angliya klublaridan faqat Liverpul (15 final) ulardan ustun.

“Tottenhem” esa Yevropa musobaqalaridagi so‘nggi yirik sovrinini 1984-yilda qo‘lga kiritgan — UEFA Kubogi finalida Anderlextni mag‘lub etganlariga 40 yil bo‘ldi.

So‘nggi uchrashuvlar: “Tottenhem” ustun

Joriy mavsumda “Tottenhem” “Yunayted”ni barcha musobaqalarda uch marta mag‘lub etdi: Premer-ligada ikki marta (3:0 va 1:0) va Liga Kubogida (4:3).

“Yunayted” esa so‘nggi olti o‘yinda Spurs ustidan g‘alaba qozona olmagan, ammo hech qachon ketma-ket yetti marta mag‘lub bo‘lmagan yoki to‘rt o‘yinda ketma-ket yutqazmagan.

Final — ikkala murabbiy uchun ham “hayot-mamot” masalasi bo’lishi mumkin

Final — bu faqatgina sovrin emas. Bu har ikki jamoa va murabbiy uchun tiklanish, tarixiy natijaga erishish, muxlislarga umid baxsh etish imkoniyatidir. G‘alaba hammasini o‘zgartiradi. Mag‘lubiyat esa hatto chiqish eshigini ham koʻrsatishi mumkin.

Back To Top