Neymar “Santos”ga qaytishga yaqin.

Insayder Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi o‘zi faoliyatini boshlagan jamoaga qaytishga yaqin turibdi.
Qayd etilishicha, “Al-Hilol” hujumchisining ijaraga olinishi bo‘yicha kelishuv yakuniy nuqtada.
Neymar Saudiya jamoasida o‘tgan bir yarim yil mobaynida chempionatda 3 ta o‘yin o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi “Santos”da 2009-2013-yillar mobaynida to‘p surgan.