“PSJ” va “Real” jamoalari sobiq darvozaboni Keylor Navas faoliyatini Argentinada davom ettiradi.

38 yoshli kiper “Nyuells Old Boys” jamoasi bilan 2026-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Navas 2019-yilda “Real”ni tark etib, “PSJ”ga o‘tgan edi. Parijliklar safida 115 ta o‘yinda ishtirok etib, 52 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 2021-yilda Janluijji Donnarummaning jamoaga kelishidan so‘ng, u asosiy tarkibdagi joyini boy bergandi.