“PSJ” prezidenti Nosir al-Helayfi jurnalistlarning “Real” hujumchisi Kilian Mbappe haqidagi xabariga javob berdi.

Fransiyalik hujumchi yozda parijliklar safidan Madrid klubiga o‘tgan edi.
“Bilasizmi, siz muammo izlayapsiz. Men faqatgina o‘zimizning futbolchilarimiz haqida gaplashamiz. Agar menga savol bermoqchi bo‘lsangiz, u faqat “PSJ” futbolchilari haqida bo‘lsin”, — deydi Parij jamoasi prezidenti.
“PSJ” Chempionlar Ligasi 7-turida “Manchester Siti”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. 7 turdan so‘ng parijliklar 10 ochko bilan 23-o‘rinda bormoqda.