Superliga-2025: “Bunyodkor” “Neftchi”ga qarshi, amaldagi chempion musobaqani o’z uyida boshlaydi

Bugun O’zbekiston Superligasining 2025-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi. 1-turda chempionlikka da’vogar Farg’onaning “Neftchi” klubi bu yilda kuchli transferlar amalga oshirgan va o’z oldiga jiddiy maqsadlar qo’yayotgan “Bunyodkor” maydoniga safar qiladi. Amaldagi chempion “Nasaf” esa musobaqani Qarshida “So’g’diyona”ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Superliga-2025 1-turi taqvimi bilan tanishing:

“OKMK” – “Buxoro”
“Qizilqum” – “Surxon”
“Xorazm” – “Sho’rtan”
“Bunyodkor” – “Neftchi”
“Qo’qon-1912” – “Andijon”
“Nasaf” – “So’g’diyona”
“Navbahor” – “Dinamo”
“Paxtakor” – “Mash’al”

#superliga #pfl

Back To Top