Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan raqobati haqida gapirib o‘tdi.

“Biz 15 yil davomida mukofotlarni topshirish paytida sahnani baham ko‘rdik va har doim bir-birimizga yaxshi munosabatda bo‘ldik. Bir kuni uning so‘zlarini ingliz tiliga tarjima qilganim esimda, juda qiziq edi.
U menga doim yaxshi munosabatda bo‘lgan, u o‘z klublari va terma jamoasini himoya qilgan, men esa o‘z klubimni himoya qilganman.
Biz bir-birimizga energiya berardik, vaqti-vaqti bilan Senna va Prost singari bizda ham sog‘lom raqobat bor edi”, — deydi portugaliyalik hujumchi.