“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim degan savolga javob berdi.

“Menimcha, Messi futbol tarixidagi eng yaxshisi”, — deydi van Deyk.
O‘tgan mavsumda Messi “Inter Mayami” safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Leoning AQSH klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning so‘nggiga qadar mo‘ljallangan.