Kazemiro Ronaldu va Messi davri haqida gapirdi

Kazemiro Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu davri haqida gapirdi.

“Messi tarixdagi eng yaxshilardan biri, bizda Krishtianu Ronaldu bor edi. Ikkalasining ham qilgan ishlarini takrorlab bo‘lmaydi. Mening davrimda eng yaxshilari Messi va Ronaldu bo‘lgan. Ulardan biroz ortda bo‘lga Neymarni ham bu safga qo‘shgan bo‘lardim.

Ammo Krishtianu va Messi futbolni o‘zgartirib yubordi. Xuddi Gvardiola tiki-takasi bilan futbolni o‘zgartirgandek, u ikkisi ham o‘zgartirgan. Bir mavsumda 50 ta gol normaldek qaraladigan bo‘lib qolgan edi. Ikkala futbolchi ham xotiramizda qoladi”, — deydi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi.

Back To Top