“Manchester Yunayted” Rasmus Heylundni Viktor Osimhenga almashtirmoqchi

“Manchester Yunayted” Viktor Osimhenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Mankunianliklar murabbiyi Ruben Amorim yozda jamoani qayta qurmoqchi. Rasmus Heylund jamoani tark etishi kutilmoqda. Daniyalik futbolchi Amorimning ishonchini oqlamagan.

“Qizil iblislar” Heylundni “Napoli”ga berib, qo‘shimchasiga 40 million yevro to‘lagan holda Osimhenni olmoqchi.

Rasmus joriy mavsum APLda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta golga mualliflik qildi.

Osimhen hozirda “Galatasaroy”da ijara asosida to‘p surmoqda. Nigeriyalik Turkiya chempionatida 19 ta o‘yinda 14 ta gol urib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Back To Top