Superliga. “Buxoro” zafar quchdi

Bugundan futbol bo’yicha Superliganing 2-tur bahslari boshlandi.

Tur doirasida “Qizilqum” “Jar” stadionida mazkur musobaqaning debyutanti hisoblangan “Buxoro”ga qarshi saf tortdi.

Murosasiz o’tgan uchrashuvda Navoiyliklar 1-taymning 10-daqiqasida Javohir Ro’ziyev tomonidan kiritilgan gol evaziga oldinga chiqib oldi. 0:1. Shu tariqa birinchi 45 daqiqalikda darvozalar ishg’ol qilinmadi va jamoalar tanaffusga yo’l olishdi.

Jamoalar bo’limlar oralig’idagi 15 daqiqalik tanaffusdan so’ng maydonga qaytishib 2-taymni davom ettirishdi. Hujumlar ostida o’tgan bo’lishiga qaramay, bellashuv yakuniga oz qolganiga qadar gol kiritilmadi. 86-daqiqada gol urib, hisobdagi farqni 2 taga oshirgan Ravshan Xayrullayev jamoasiga 3 ochkoni keltirdi. 0:2

Back To Top