Bugun futbol bo’yicha APL 29-turidan o’rin olgan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mahoratli futbolchimiz Abduqodir Husanov to’p tepadigan “Manchester Siti” chempionatning 29-turida “Brayton”ni mehmon qildi.
Bahsdagi ilk golni 11-daqiqada Erling Holand penaltidan kiritgan bo’lsa, oradan ko’p o’tmay, aniqrog’i, 21-daqiqada “shaharliklar”ning darvozasini ishg’ol qilgan Pervis Estupinyan muvozanatni tikladi.
39-daqiqada gol urgan Omar Marmush hisobni 2:1 ko’rinishiga keltirdi. Shu tariqa, bellashuvning 1-bo’limining qolgan daqiqalarida gollar kiritilmadi va jamoalar tanaffusga yo’l olishdi.
15 daqiqalik tanaffusdan so’ng, 2-taym start oldi, ushbu so’nggi 45 daqiqalik 48-daqiqada Abduqodir Husanovning kutilmaganda o’z darvozasini ishg’ol qilgani bilan barcha muxlis va muxlisalarning yodida qoldi va shu tariqa, Xose Gvardiola shogirdlari 2:1 hisobidagi tayyor g’alabani qo’ldan chiqarishdi. 2:2.