Kilian Mbappe: Hamma “Atletiko”ga qarshi bahs qanday o’tganini ko’rdi

“Real Madrid” forvardi “Vilyarreal”ga qarshi o’yin va charchoq alomatlari haqida gapirdi.

“Bu juda muhim o‘yin bo‘ldi. “Vilyarreal” jiddiy raqib va turnir jadvalida yuqorida joylashgan. “Atletiko”ga qarshi uchrashuvdan keyin g‘alaba qozonishimiz shart edi. Jamoa xarakter va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rsatdi.

Hamma “Atletiko”ga qarshi bahs qanday o‘tganini ko‘rdi – bu juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. 2 kundan keyin yana maydonga tushish qiyin, lekin biz klub nishonini hurmat qilishimiz va bor kuchimizni berishimiz kerak.

Mening 31 ta golim bor – bu Krishtianuning “Real”dagi ilk mavsumidan 1 ta kam (33).

Lekin bu shunchaki raqamlar. Agar men Krishtianu va Ronaldodan ko‘proq gol ursam ham, bu meni ulardan yaxshiroq futbolchiligimni anglatmaydi. Muhimi – jamoaviy sovrinlar. Gollar faqat biz La Liga, Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasini yutganimizdagina ahamiyat kasb etadi”.

Back To Top