Superliga. 2-turdan so’ng turnir jadvali qanday ko’rinish oldi?

Futbol bo’yicha milliy chempionatlardan biri – Superligada 2 ta tur ortda qoldi.

“Surxon” o’z uyida “Xorazm”ni mehmon qilib, Humoyunmirzo Iminovning 11 Sunatillo Abdullajonovning 32-daqiqadagi goli evaziga 0:2 hisobida mag’lub bo’ldi.

“Navbahor” “So’g’diyona”ning maydoniga safar qildi va 5 ta gol kiritilgan o’yinda 2:3 hisobida zafar quchdi. Bahsdagi ilk gol 12-daqiqada Po’latxo’ja Xoldorxonov tomonidan kiritildi. Oradan ko’p o’tmay, Lyupcho Doriyev muvozanatni tikladi. 1:1. Bu gol 1-taymdagi so’nggisi bo’ldi va jamoalar tanaffusga yo’l olishdi.

15 daqiqalik tanaffusdan so’ng jamoalar uchrashuvning hakamlari hamrohligida maydonga qaytishdi. 2-bo’limning 66-daqiqasida tablodagi hisob o’zgardi. 1:2. Gol muallifi Ruslanbek Jiyanov. 76-daqiqada gol urgan Lyupcho Doriyev dublga erishdi. 2:2. 90-daqiqada gol kiritgan Pedro Augusto “bo’rilar” hisobiga g’alabani ilib ketdi.

Turni yakunlab beruvchi qarama-qarshilik OKMK – “Paxtakor” o’tasida kechdi. Mazkur to’qnashuvda 17-daqiqada Nodirbek Abdurazzoqov gol kiritdi. 1:0. Bellashuvning yakuniga oz qolgan bir pallada, aniqrog’i, 88-daqiqada Ali Abdurahmonov nafaqat oradagi farqni 2 taga yetkazdi, balki bahsdagi so’nggi golni kiritdi. 2:0.

Shunday qilib chempionat FIFA kunlari sabab tanaffusga chiqdi.

Matchday.uz saytining xodimlari yakunlangan 2-turdan so’ng turnir jadvalini taqdim etadi.

Back To Top