“Barselona” klubining Polshalik legioner hujumchisi Robert Levandovski Barca One’ga intervyu berdi.

Matchday.uz saytining xodimlari mazkur intervyuni e’tiboringizga havola etadi.
“Kataloniyadagi odamlar boshqa joylardan ko‘ra nisbatan xushchaqchaq va ochiqroq. Klub haqida gapiradigan bo‘lsam, jamoaning qanchalik buyuk ekanini siz har qadamda, har bir ishda ko‘rasiz, hatto mavsumoldi musobaqaga yo‘l olganingizda ham bu yaqqol seziladi.
Buyuk klublarda to‘p surganman, lekin “Barselona”da boshqacha bir his-tuyg‘u bordek. Bu yerga kelganimning birinchi kunidanoq o‘zimni to‘g‘ri joyda ekanligimni. his qildim”.