JCH-2026. Minimal hisobda g’alaba qozondik

Futbol bo’yicha JCH-2026 saralashining Osiyo mintaqasi bahslari davom etmoqda.

7-turda Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz 20-mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlangan bahsda Qirg’iziston Respublikasini mehmon qildi.

Murosasiz va tengkurashlar ostida o’tgan to’qnashuvda vakillarimiz qiyinchilik bilan 1:0 hisobidagi g’alabaga erishib, JCH-2026 mundiali sari muhim qadam tashladi.

Bo’lib o’tgan mazkur bahsning 40-daqiqasida o’yinning taqdirini hal qilgan gol Hojiakbar Alijonov tomonidan kiritildi, ushbu gol uchrashuvning so’nggigacha saqlanib qoldi va Temur Kapadze jamoamizni Sloveniyalik mutaxassis – Srechko Katanesdan qabul qilib olgach, ilk rasmiy g’alabasini qo’lga kiritdi.

Erishilgan ushbu natija orqali “oq bo’rilar” musobaqaning “A” guruhida 16 ochko bilan 2-o’rinda bormoqda.

Eslatib o’tamiz, jamoamizning mazkur turnirdagi navbatdagi o’yini 25-mart kuni safarda Eronga qarshi bo’ladi. Forslarga qarshi bo’lajak bellashuv ham Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

Back To Top