
Futbol bo’yicha Ispaniya kubogi doirasida “Real Madrid” -“Real Sosyedad” o’yin o’tkazadi. 1-apreldan 2-aprelga o’tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadigan uchrashuv oldidan “Qirollik klubi”ning bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Matchday.uz saytining xodimlari quyida mutaxassis ishtirokidagi matbuot anjumanini o’z o’quvchilarining e’tiboriga havola qiladi.
“Biz yaxshi formadamiz va yana bir bor finalga chiqishni juda xohlaymiz.
Mbappe Krishtianu Ronalduning “Real”dagi yutuqlariga erishishini va klub afsonasiga aylanishini tilayman.
Lunin finalda o‘ynaydimi? Ha… ko‘ramiz, nima bo‘ladi. Kurtua ham, — Fran Gonsales bor. Agar finalga chiqa olmasak, hech kim o‘ynamaydi.
Fran Garsiya jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mendi va Sebalos esa “Arsenal”ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lish uchun astoydil harakat qilishmoqda”.