
“PSJ” XXI asrda fransuz klublari orasida Chempionlar ligasi finaliga ikki marotaba chiqqan birinchi jamoaga aylandi. Luis Enrike boshchiligidagi jamoa fransuz klublari orasida oʻziga hos natija qayd etdi.
“PSJ” 1992/1993-yilgi mavsumda turnir formati o‘zgartirilganidan buyon Chempionlar ligasi finaliga ikki marta chiqqan birinchi fransuz klubi bo‘ldi.
Avvalroq, parijliklar 2020-yilda finalga chiqqan, oʻsha paytda jamoani germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel boshqargan. O‘sha finalda “PSJ” minimal 0:1 hisobda “Bavariya”ga yutqazgan edi.