
“PSJ” bosg murabbiyi Luis Enriki jamoasi bilan bo’lgan muhim suxbat haqida gapirdi.
“Agar men o‘yin paytida hissiyotlarimni ochiq ko‘rsatganimda, har bir o‘yinda maydondan chetlatilgan bo‘lardim. Men o‘zimni tinchlantirishga va o‘yinchilarimga eng muhimi tinchlanish ekanini tushuntirishga harakat qildim. G’azab bu jamoa uchun fojia. Men doimo hakamlar bilan bahslashmaslikka harakat qilaman, chunki bu futbolchilarim uchun yomon o‘rnakligini bilaman.
Aniq eslay olmayman, lekin Chempionlar ligasidagi natijalarimiz yomon bo‘lganida va bu adolatsiz tuyilgan vaqtda futbolchilar bilan suhbatlashdim. Butun jamoa va murabbiylar shtabi bilan yig‘ilish o‘tkazdik. Ularga yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri ekanimizni, bizga faqat natija yetishmayotganini aytdim. Hammasini birgina sabab bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Bu kundalik mehnat natijasi” – dedi “PSJ” bosh murabbiyi.