
Rasman kelasi mavsum APLning 6 ta jamoasi CHempionlar ligasidaa ishtirok etadi.
Avvalroq APL UEFA reytingida 2-o’rindan pastga tushmasligi aniq bo’lganidan so’ng chempionatning 5-o’rin sohibi ham kelasi yil chempionlar ligasida o’ynashi aniq bo’lgandi.
Shuningdek, Evropa ligasining sohibi ham YChL yo’llanmasini qo’lga kiritadi. Finalda esa APL jamoalari “MYU” va “Tottenxem“ o’zaro bahs olib borishadi.
Shu tariqa, tarixda ilk bor bitta chempionatdan 6 ta jamoa chempionlar ligasida ishtirok etadigan bo’ldi.