“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub rahbariyatiga kelasi mavsum qisqaroq tarkib bilan ishlashni istayotganini maʼlum qildi, chunki barcha futbolchilar sogʻlom boʻlganda ularning bir qismini zaxirada qoldirish uning “ruhiyatini qiynayotgani”ni aytdi.
Chempionlar Ligasi, Angliya chempionati va boshqa musobaqalarda faol ishtirok etayotgan Manchester Sitining tarkibi hozirda 28 futbolchidan iborat (ijaraga berilgan toʻrt nafar futbolchi bundan tashqari). Klub tarkibi dunyodagi eng qimmatli jamoalardan biri hisoblanadi — ayrim nashrlar uni 1,3 milliard yevroga baholanmoqda.
“Men besh-olti futbolchini zaxirqfa ushlab oʻtirishni xohlamayman. Bu narsa haqida rahbariyatga aytdim, agar bu oʻzgarishsiz qolsa men ketaman. Qisqaroq tarkib bilan ishlash men uchun afzal” — dedi Gvardiola.
Oʻtgan yil oxiri koʻp fudbolchilar jarohat olgani sabab jamoa ketma-ket beshta uchrashuvda magʻlubiyatga uchradi. Shu sabab Manchester Siti yanvar transfer oynasida 224 million dollardan ortiq mablagʻ evaziga Omar Marmush, Vitor Reis, Abduqodir Xusanov va Niko Gonsalesni jamoaga qoʻshib olgan edi.
Hozirda faqatgina Jon Stouns va Natan Ake jarohat tufayli safdan chiqqan boʻlsa-da, Gvardiola koʻplab futbolchilarga har safar tribunadan oʻyinni tomosha qilishlarini aytish unga ruhiy jihatdan juda ogʻir tushayotganini tan oldi.
Hamyurtimiz Abduqodir Xusanov 10 ta uchrashuvdan buyon maydonga tushirilmayapti. Uning oʻrniga Gvardiola chap qanot himoyachisi Yoshko Gvardiolni markazga moslashtirdi va jarohatdagi Manuel Akanji safga qaytib, uning oʻrnini egalladi. Umid qilamizki, Xusanov oʻzini yana koʻrsatadi va Pep yangi mavsum oldidan uni jamoada olib qolib, unga ishonch bildiradi.