Oʻtgan mavsum shartnomasini bir yilga uzaytirgan Modrich yana “Real Madrid”da qolmoqchi edi. Bunga qaramay, rahbariyat uni yangi mavsum uchun rejasida yoʻqligini maʼlum qildi. Modrich doimo klubning qarorini hurmat qilib kelgan, va jamoaning haqiqiy afsonasi sifatida tark etadi. Aytib otilganidek, Luka klub safidagi oxirgi uchrashuvni 24- may shanba kuni Bernabeoda otkazadi.
Shundan soʻng, Modrich oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida voqelikka munosabat bildirdi.
“Qadrli “Real Madrid” muxlislari shu on keldi. Bu kun hech qachon kelmasligini istagandim, ammo bu — futbol, hayotda esa hamma narsaning boshlanishi bo‘lgani kabi, yakuni ham bo‘ladi. Shanba kuni men “Santyago Bernabeu” stadionida oxirgi oyinimni o’tkazaman.
2012-yilda dunyoning eng zo‘r jamoasining formasini kiyishni orzu qilib, buyuk ishlarni amalga oshirish maqsadida Madridga kelgan edim. Ammo undan keyin nimalar bo‘lishini tasavvur ham qilolmagan edim.
“Real Madrid”da o‘ynash mening nafaqat futbolchi sifatida, balki inson sifatida ham hayotimni butunlay o‘zgartirdi. Men ”Real Madrid” tarixining eng muvaffaqiyatli yillarida jamoaning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman.
Klubga, ayniqsa, prezident Florentino Peresga, jamoadoshlarimga, murabbiylarimga va shu yillar davomida menga ko‘mak bergan barcha insonlarga yuragimdan minnatdorchilik bildiraman.
Bu yillar davomida men unutilmas lahzalarni boshdan kechirdim — imkonsizdek tuyulgan kombeklar, final o‘yinlari, bayramlar va “Bernabeu”dagi sehrli kechalar… Biz hammasini yutdik va men juda-juda baxtli edim.
Ammo sovrin va g‘alabalardan ham muhimrog‘i — mening yuragimda siz, aziz “Madrid” muxlislarining mehringiz joy olgan. Sizlar bilan bo‘lgan aloqamni qanday ifodalashni ham bilmayman — men har doim o‘zimni qadrlangan, hurmat qilingan va sevilgan his qilganman va hanuzgacha shunday his qilaman. Har bir olqish, har bir mehribonlik ishorasini hech qachon unutmayman.
Men to‘la yurak bilan, faxr, minnatdorchilik va unutilmas xotiralar bilan ketmoqdaman. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng endi bu formani maydonda kiymasam-da, men har doim “Real Madrid”ning muxlisi bo‘lib qolaman” – deya so’zlarini yakunladi Lika Modrich.
Xorvatiyalik yuksak darajadagi futbolchi “Real Madrid” safida 13 mavsum davomida xizmat qilib, klub tarixida yana bir afsonaga aylandi. U “qaymoqranglilar” safida 28 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, shu jumladan 6 ta Chempionlar Ligasi, 4 ta La Liga chempionligi hamda 5 ta klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatini shu bilan birga bir qator boshqa yirik turnirlarni g`olibiga aylangan.
2018-yil “Oltin to‘p” sovrindori joriy mavsumda ham yoshiga qaramasdan “Real Madrid” uchun muhim o‘yinchilardan biri bo‘lib qoldi. U 55 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bularning ichida La Liga doirasida u 34 ta o‘yinda 2 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qildi.
Shubhasiz, Luka Modrich futbol tarixidagi eng yorqin isteʼdod egasi sifatida tan olingan, bu kabi futbolchilar doimo qadrlanadi, eslanadi, va qiyoslanadi.