5-avgust kunidan Superliga 2025-yilgi mavsumining 17-tur bahslari boshlanadi. Tur o’yinlarini turning “markaziy” uchrashuvi ochib beradi. Ikkinchi davrada tarkibini yangilab olgan “Paxtakor” jamoasi o’z uyida “OKMK”ni qabul qiladi.

Superliga 2-turida Olmaliqda kechgan bahsda “OKMK” jamoasi 2:0 hisobida g’alaba qozonishgan edi. 16 turdan keyin Olmaliqliklar 30 ochko bilan musobaqaning 4-o’rinida borishmoqda. “Paxtakor” jamoasi 29 ochko bilan 6-o’rinda borishmoqda.

Jamoalar o’zaro uchrashuvlari tarixiga e’tibor qiladigan bo’lsak bu yerda ustunlik “Paxtakor” jamoasi tomonida. Superliga doirasida o’zaro 35 marta to’qnash kelgan bahslarda “sherlar” 23 marotaba g’alaba qozonishgan bo’lsa, olmaliqliklar 7 marotaba “Paxtakor”ni mag’lub etgan. O’zaro bahslarning 5 tasi durang bilan yakunlangan. “Paxtakor”ning eng yirik g’alabasi 6:0, “OKMK” 4:2 hisobida g’alaba qilgan. To’plar nisbati 60:27, “sherlar” foydasiga.

