Joriy yilning 24-25-iyul kunlari Niderlandiyaning Hoffdorp shahrida joylashgan bosh shtab kvartirasida FIFPRO’ning navbatdan tashqari assambleyasi bo’lib o’tdi.

“Birdamlik” nomi ostida o’tgan assambleya ishida O’zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev ham ishtirok etdi. Tashkilotga a’zo barcha davlat vakillari ishtirokida o’tgan assambleya mavzusi tashkilotning FIFA bilan aloqalari hamda istiqboldagi rejalar bo’ldi.