Futzal bo’yicha Superkubok bahslari ilk bor “Humo Arena”da o’tkaziladi

2025/2026-yilgi futzal mavsumi O’zbekiston superkubogi uchun bahs bilan boshlanadi.

Birinchi marta superkubok bahsi O‘zbekistondagi eng muhtasham sport majmuasi, futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini qabul qilgan «Humo Arena»da bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston superkubogi uchun Jizzaxning BMB hamda Buxoroning «Oil Star» jamoalari maydonga chiqishadi. Uchrashuv 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Back To Top